Shrift hajmiAAA Interval|||_||___| Orqa fonAAA

Maktab haqida

Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 1977 yilda qurilib, Al-Xorazmiy nomi bilan ishga tushirilgan.Maktab internati binosi ko`p yildan buyon oz korki va chiroyini yoqotmagan. Maktab internat pedagog xodimlari ham oquvchilarga bilim berishda ozlarining bor kuch, mahoratinikorsatib kelmoqdalar.

Maktabning 1-direktori Habibulla Matyoqubov 1936-yilda Yangibozor tumanida tug`ilgan. 1957-yilda Nizomiy nomli TDPUning tarix fakultetini bitkazgan. Shu yili 1-sentabrda Madaniyat o`rta maktabida pedagogik faoliyatini boshlagan. 1958-1961-yillarda shu maktabga rahbarlik qildi. 1969-yilda Yangibozor tumanidagi Al-Xorazmiy nomli maktabga direktor qilib ta`yinlandi. Habibulla Matyoqubov tabiatan tinib tinchimas inson. Izlanishdan, o`rganishdan charchamaydigan. U bundan ancha yillar oldin birinchilardan bo`lib ta`limni tabaqalashtrish, iqtidorli bolalar bilan muayyan yo`nalish bo`yicha ishlash kerakligi haqida ko`p izlanishlar olib borgan. Buning natijasida tuman kengashining 1990-yil 26-sentabrdagi qaroriga muvofiq ma`lum yo`nalishlar bo`yicha iqtidorli bolalar sinflari ochishga ruxsat etildi. U el ardog`idagi inson. Uning xalq ta`limini rivojlantrish borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi a`lochisi nishoniga sazovor bo`lgan. Shavkatli mehnati uchun medali. Respublika hukumatining Faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan. 1996-yil sentabr oyida O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yodgorova Soliya opa 1936-yilda tug`ilgan Xiva pedagogika bilim yurtini bitkazgan. U 1953-yilda Moskvada o`tkazilgan butun ittifoq spartakiadasida qatnashgan. Urganch Pedagogika Universitetining O`zbek tili va adabiyoti fakultetini sirqi bo`limini tamomlagan. Uning mehnatlari taqdirlanib Xalq ta`limi a`lochisi unvoni sohibasi bo`ldi.

Ramazanov Qadamboy 1952-yil 31-iyulda tug`ilgan 1977-yilda Al-Xorazmiy nomli umumta`lim o`rta maktabida rus-tili va adabiyoti o`qituvchisi bo`lib kelgan. 1993-yilda Yangibozor tumani Xalq ta`limi mudiri vazifasida ishlagan. 2000-yildan Yangibozor tuman 10-son ixtisoslashtrilgan maktab-internati direktori lavozimida ishlagan. Ish faoliyati davomida Katta o`qituvchi, Xalq ma`orifi a`lochisi unvonlariga sazovor bo`lgan.Raximova Qizlargul 1952-yil 23-martda tug`ilgan. 1973-yilUrgarch XDPIga kirib 1979-yilda bitkazgan. Pedagogik faoliyatini 1979 yilda 15-son maktabda boshlagan 2005-yil 18-yanvarda 10-son ixtisoslashtrilgan maktab-internatiga o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ishlay boshlagan. Ish faoliyati davomida bir qancha mukofotlarga erishgan jumladan: Katta o`qituvchi unvoni, Xalq ma`orif a`lochisi va o`quvchilari Respublika fan olimpiadalarida faxrli o`rinlarni egallagan.Ziyoda Saparboyeva 1938-yil 10-avgustda Yangibozor tumani Cho`bolonchi qishlog`ida tug`ilgan. 1960-yilda pedagoglik faoliyatini boshlagan. 1979-1996-yillarda Al-Xorazmiy nomli maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchisi bo`lib ishlagan. U O`zbekiston xalq maorifi a`lochisi ko`krak nishoni, Shavkatli mahnatlari uchun medali, Xurmat belgisi ordeni, Mehnat faxriysi ko`krak nishoni va O`zbekiston xalq o`qituvchisi unvonlariga sazovor bo`lgan.
Yusupova Galina 1957-yil 19-martda tug`ilgan. 1974-yil UrDU universitetiga o`qishga kirib 1979-yil tugatgan. 1977-yilda Al-Xorazmiy nomli umumta`lim o`rta maktabida ish faoliyatini boshlagan. 1986-1993-yillarda rus tili va adabiyoti o`qituvchisi hamda ma`naviy, ma`rifiy tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ishlagan. U pedagogik faoliyati davomida Xalq ma`orifi a`lochisi mukofotiga sazovor bo`lgan.
Maktab internatimiz oquvchilari tuman, viloyat bilimlar bellashuvlari va sport musobaqalarida faxirli orinlarni qolga kiritib kelmoqdalar.Maktab internatimizda dars mashgulotlari soat 9-00dan 17-00 gacha qilib belgilangan. Oquvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida katta tanaffus vaqtida turli xil tadbirlar tashkil qilinadi va bu orqali oquvchilarning qiziqishlari hamda intiluvchanligi oshirib boriladi.Hozirga kelib maktabda 28-nafar oqituvchi murabbiylar jamoasi talim tarbiya ishlarini muvofaqqiyatli olib bormoqdalar.


1999-2002 y Yangibozor tuman 30- maktabda musiqa fani o`qituvchisi
2002-2004 y Yangibozor tuman10-son IMIda psixolog va to`garak rahbari
2004-2006 y Yangibozor tuman 10-son IMIda MIG` fani o`qituvchisi
2006-2011 y Yangibozor tuman 10-son IMIda tarix va MIG` fani o`qituvchisi
2011-2015 y 1-son umumiy o`rta ta`lim maktabida MMIBDO`
2015 y 6 iyuldan 10-IMI direktori

Ramazanova Shoira Satimovna1978-yil30-aprelda Urganch shahrida tug`ilgan.

1999-yilda UrDU musiqa, 2008-yilda UrDU tarix fakultetlarini tamomlagan. Pedagoglik faoliyatini 1999- yildan boshlagan.

2009-yil Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi ko`rik tanlovining viloyat bosqichida 1-o`rin, Respublika bosqichida 3-o`rinni egallagan.

2011-yil Yil ayoli-2011 milliy tanlovda viloyat bosqichida2-o`rinni egallagan.

2013-yil Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi ko`rik tanlovining viloyat bosqichida 1-o`rin, Respublika bosqichida3-o`rinni egallagan.

O`quvchilari tarix fanidan o`tkazilgan fan olimpiadalari va tanlovlarning viloyat va respublika bosqichlarida faxrli o`rinlarga sazovor bo`lishgan.

Sh.Ramazanova viloyat anjumanlarida Ta`lim sifatini oshirish bo`yicha innovatsion loyiha, Umumta`lim maktablarida tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish bo`yicha innovatsion loyiha , Umumta`lim maktablari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha innovatsion loyiha mavzularida o`z taqdimotlari bilan ishtirok qilgan.

Maktab-internatida Sh.Ramazanovaning 3 bahoga qarshimiz, I learn english, Kitobxon, Eng yaxshi ko`rgazmali qurollar, Metod kunlarning ta`lim sifatiga ta`siri, Fan kunlari-ta`lim sifati garovi, Har bir o`quvchi mening e`tiborimda mavzularidagi loyihalari va g`oyalari asosida ish olib borilmoqda.


Maktab haqida

Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 1977 yilda qurilib, Al-Xorazmiy nomi bilan ishga tushirilgan. Maktab internati binosi ko`p yildan buyon oz korki va chiroyini yoqotmagan. Maktab internat pedagog xodimlari ham oquvchilarga bilim berishda ozlarining bor kuch, mahoratini korsatib kelmoqdalar.

Biz bilan aloqa

Statistika