Shrift hajmiAAA Interval|||_||___| Orqa fonAAA
1

Talim muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda

Ko'rildi: 322
Chop etish
Mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoyevning Xalq talimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosini taminlash maqsadida keng kolamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, yurtimizdagi talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish masalasiga ham davlat siyosati darajasida etibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 19-fevralida Vazirlar Mahkamasining 2020-2022 yillarda xalq talimi muassasalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari togrisidagiqarori loyihasi regulation.gov.uz saytiga umumiy muhokama uchun qoyildi.
Mazkur qaror loyihasida 2020-2022 yillarda xalq talimi muassasalarining mebel, oquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va oqitishning texnik vositalari bilan taminlash kabi asosiy masalalar qayd etilgan. Shuningdek, qaror loyihasiga talim muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash hamda jihozlash (toliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi togrisida Nizom ilova qilingan.
Qaror loyihasiga asosan, dastur doirasida xalq talimi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash boyicha Xalq talimi vazirligi huzuridagi Oquv talim taminot davlat unitar korxonasi va Xalq talimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini monitoring qilish boyicha injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasi buyurtmachi etib belgilangan.
Loyihaga kora, dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masul bolgan vazirlik, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish, belgilangan tadbirlarning toliq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirish belgilangan. Dastur bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masul bolgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning toliq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi.
Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Davlat byudjeti mablaglari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xalq talimi vazirligi mazkur qaror loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani muhokamalarda faol ishtirok etishini soraydi. Qonun loyihasining muhokamasi 2019 yilning 6 martiga qadar davom etadi.
Xalq talimi vazirligi
Axborot xizmati
dle 12.0
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:1

  1. Maggiebar
    0

    --- , whatsapp

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 1977 yilda qurilib, Al-Xorazmiy nomi bilan ishga tushirilgan. Maktab internati binosi ko`p yildan buyon oz korki va chiroyini yoqotmagan. Maktab internat pedagog xodimlari ham oquvchilarga bilim berishda ozlarining bor kuch, mahoratini korsatib kelmoqdalar.

Biz bilan aloqa

Statistika