Shrift hajmiAAA Interval|||_||___| Orqa fonAAA
4

Bir makon, bir yol: Mirziyoyev qator tashabbuslarni ilgari surdi va Orolboyi hududi boyicha chaqiriq bilan chiqdi

Ko'rildi: 347
Chop etish
Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumi 27 aprel kuni "Yansi" xalqaro konferensiyalar markazida delegatsiya rahbarlarining davra suhbati tarzida davom etdi.
Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi, debxabar bermoqdadavlat rahbari matbuot xizmati.
Xalqaro va mintaqaviy ozaro bogliklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yolga ega bolmagan mamlakatimiz uchun dolzarb bolib kelgan va hozir ham shunday. Ozbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil boladigan Bir makon, bir yol tashabbusini avvalboshdanoq qollab-quvvatlagan, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari forum davra suhbatining Qoshma bayonoti qabul qilinishini ma'qullab, bu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlarga erishish, iqtisodiy osishning yangi manbalarini kashf etish, natijada xalqlarimiz turmush darajasi oshishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Prezident Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, yashil iqtisodiyot orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar boyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini royobga chiqarish hamda Xitoy - Markaziy Osiyo - Garbiy Osiyo iqtisodiy yolagini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Toshkent - Andijon - Osh - Irkishtom - Qoshgar avtomobil yolagi, Ozbekiston - Qirgiziston - Xitoy va Mozori Sharif - Kobul - Peshovar temir yollari loyihalari bu borada katta istiqbollar ochishi qayd etildi. Shuningdek, Sariq dengiz portlari - Markaziy Osiyo - Yevropa yonalishi boylab temir yolda yuk tashishga bir xil tarif ornatish ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.

Prezident yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun qishloq xojaligiga zamonaviy texnologiyalar va ilgor yechimlarni joriy etish masalalariga e'tiborni qaratdi.
Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etish umumiy vazifa ekanini ta'kidlar ekan, Shavkat Mirziyoyev sheriklarni BMTning Orolboyi mintaqasi uchun Trast fondi hamda Orolboyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi faoliyatida ishtirok etishga chaqirdi.
Turizm sohasida almashinuvlarni rivojlantirish, buning uchun Ipak yoli brendi ostida qoshma dastur va mahsulotlarni ilgari surish boyicha dolzarb takliflar bildirildi.
Davlat rahbari Afgoniston masalasiga ham e'tibor qaratib, ushbu mamlakatda tinchlik ornatilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda yangi taraqqiyot manbalari yaratishini ta'kidladi. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi dolzarb masalalar joriy yilning kuzida Toshkentda bolib otadigan Afgoniston boyicha Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasida (RECCA) muhokama qilinishini ma'lum qildi.

- Tarixiy va madaniy merosimiz, oldimizda turgan maqsad va vazifalarning oxshashligi hamda intilishlarimiz mushtarakligi kelajakka katta ishonch bilan qarashga imkon beradi. Xalqlarimiz birgalikdagi sa'y-harakatlarimizning ijobiy natijalarini albatta sezishlari kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining fikr va tashabbuslari qiziqish bilan kutib olindi, deyiladi xabarda.
Bir makon, bir yol ikkinchi xalqaro forumi bugun yakunlanadi. dle 12.0
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:4

  1. 0

    https://carding-dlya-nachinayushchih.blogspot.com/2017/04/blog-post.html . . https://donaldegibson.com/------/ https://karding-forum.blogspot.com/2019/03/blog-post_10.html . . . . https://zalivnaakarti.blogspot.com/2018/10/blog-post.html https://carding-dlya-nachinayushchih.blogspot.com/2017/04/blog-post.html https://carding-dlya-nachinayushchih.blogspot.com/2017/04/blog-post.html : . . https://cardingzalivi.blogspot.com/2018/10/blog-post.html

  2. Kaylalat
    0

    --- - !!! ,

    --- ? ,

    . --- ,

    . --- , . , ? ,

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 1977 yilda qurilib, Al-Xorazmiy nomi bilan ishga tushirilgan. Maktab internati binosi ko`p yildan buyon oz korki va chiroyini yoqotmagan. Maktab internat pedagog xodimlari ham oquvchilarga bilim berishda ozlarining bor kuch, mahoratini korsatib kelmoqdalar.

Biz bilan aloqa

Statistika