Shrift hajmiAAA Interval|||_||___| Orqa fonAAA

Maktab internat ustavi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat
USTAVI
I . Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav "Ta'lim to`g`risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Yangibozor tuman 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining faoliyatini tartibga soladi.
2. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ta'lim tugrisidagi konunga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq ta'limi Vazirligining ta'lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko`rsatmalari va mazkur Ustavga amal qiladi.
3. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati ta'lim jarayonini umumiy o`rta ta'lim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur o`rganish bo`yicha qo`shimcha ta'lim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
II. Ixtisoslashtirilgan maktab - internatini tashkil etish tartibi
4. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati muassis tomonidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishgan xolda tashkil etiladi va qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tadi.
5. Xorazm viloyati hokimligi 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati muassisi xisoblanadi. Maktab -internat Xorazm viloyati hokimining 2008 yil 28 oktyabr' sanasidagi 177-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
6. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati yuridik shaxs xisoblanadi, o`z ustaviga, bankda xisob raqamiga, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi ko`rsatilgan muxr, shtamp va blankalarga ega bo`ladi.
7. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati akkreditatsiya qilish attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
7.1 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xujjatlarni qabul kilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan og`zaki va yozma sinovlar o`tkazish xamda ota-onalarning murojaatlarini ko`rib chikish Komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam bo`lmagan toq mikdorda tashkil etilib,uning tarkibida ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi direktori, tuman(shaxar) XTB vakili xamda umumta'lim muassasasi o`qituvchilari kiritiladi. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi direktori Komissiya raisi hisoblanadi.(2011 yil 9 sentyabr' 254-sonli VM qarori)
8. Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan 10-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ta'limning 5-sinfidan boshlab sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o`qish va yashash uchun zarur shart-sharoitlar takdim etilgan holda o`quvchilarning barcha jalb etilgan kontingentini iqtidor va iste'dodni rivojlantirishga yo`naltirilgan kompleks ta'lim-tarbiya jarayoni bilan kamrab olish maqsadida tashkil etildi.
Quyidagilar:
o`quvyili tamom bo`lgandan keyin 6-sinf o`quvchilarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan tegishli fanlar bo`yicha test sinovidan o`tkazish;
6-sinf o`quvchilarining qobiliyatli va mayllarini aniqlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Sog`likni saqlash vazirligi hududiy organlarining vakillari ishtirokida Xalq ta'limi vazirligining xududiy organlari tomonidan o`tkaziladigan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish mezoni xisoblanadi.
Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi - boshlangich va umumiy o`rta ta'lim sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan holda Sog`likni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
9. Muassasani o`quv-tarbiyaviy jarayoni sifatini o`rganish va baxolash O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markazi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
10. O`quv-tarbiya jarayoni sifati bo`yicha muayyan natijalarga erishmagan taqdirda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining taqdimnomasi bo`yicha Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi yoki umumiy tipdagi umumta'lim maktabiga qayta aylantiriladi.
III. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining asosiy vazifalari va funktsiyalari.
11. Quyidagilar 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining asosiy vazifalari xisoblanadi:
- umumiy o`rta ta'limning chuqurlashtirilgan fanlari bo`yicha o`quvchilarning davlat ta'lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta'lim tayyorgarligini ta'minlash;
- o`quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
- har bir o`quvchining individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- professional dasturlarini ongli tanlash va keyinchalik o`zlashtirish uchun asos yaratish.
12. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- viloyat aholisining bolalarini ixtisoslashtirilgan chuqur o`qitishga bo`lgan ehtiyojini ta'minlash;
- o`quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yo`naltirilgan o`qitishning ta'lim dasturlarini amalga oshirish;
- o`quvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
- ta'limning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan o`qitishni ta'minlash;
- asosiy va qo`shimcha ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyiqahagi o`qitishga o`tgan holda ta'lim jarayonini individullashtirish va tabaqalashtirish;
- ta'lim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- o`quvchilarning ma'lumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
- o`quvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferentsiyalar, festivallar va boshqa intelektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- iqtidor va iste'dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo`yicha o`quvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
- o`quvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yo`lga qo`yish.
IV. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o`quv -tarbiya jarayonini tashkil etish
13. O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o`qitishning qancha davom etishi va muddatlari o`quv rejalari, dasturlar, kalendar o`quv jadvali, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining tegishli normativ xujjatlari va umumta'lim muassasasining ushbu ustavi bilan tartibga solinadi.
14. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o`quv-tarbiya jarayoni 7-11-sinflar doirasida maxsus o`quv rejalari va dasturlar bo`yicha tashkil etiladi.
15.Maktab-internatda fizika-matematika, matematika-ingliz tili, kimyo-biologiya, xorijiy tillar-tarix fanlarig aixtisoslashtirilgan, chuqur o`rganiladigan sinflar tashkil kilinadi.
16. 7-11-sinflarda o`quv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni o`rganilishini va ularning amaliy yo`naltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek o`quvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jiqatdan o`zlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini ta'minlaydi. Bunda o`quvchilarning individual xususiyatlari va iste'dodi namoyon bo`lishi va rivojlanishi dinamikasi o`rganiladi.
17. Ta'limning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar qisobga olingan qolda kasb-xunar ta'limi dasturlarini, bilimlarning aloqida sohalarini ongli ravishda tanlash va o`zlashtirishga tayyor bo`lgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati ko`nikmalariga ega bo`lgan shaxsni shakllantirishga yo`naltiriladi.
18. Ta'lim jarayoni shaxsga yo`naltirilgan yo`nalishga ega bo`ladi, o`quv-tarbiya jarayonining har xil turlariga an'anaviy va noan'anaviy yondashish birga qo`shib olib boriladigan o`qitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega bo`ladi.
19. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati sinflari soni ta'lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sanitariya normalari va qoidalariga qarab belgilanadi.
20. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o`quvchilar soni 30 kishidan ortiq bo`lmasligi kerak.
21. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur o`rganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar bo`yicha o`quvchilarni ikki guruhga bo`lishga yo`l qo`yiladi.
22. Keyingi sinflarga o`tkazish va o`qitish bosqichlari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda o`quvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari bo`yicha amalga oshiriladi.
23.10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilariga umumiy o`rta ma'lumot to`grisidagi shaqodatnoma beriladi.
24. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati kamida 150 o`quvchi kontingenti bilan tashkil etiladi.
25. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarini joylashtirish O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishgan qolda Xorazm viloyati xokimligi tomonidan belgilanadi.
V. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining huquqlari va javobgarligi
26.10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi xuquqlarga ega:
- fanlarni chuqur o`rganish bo`yicha mualliflik o`quv dasturlarini O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta'lim markazi bilan kelishgan xolda VXTB tavsiyasigaasosan mustaqil ishlab chiqish, tasidqlash va amalga oshirish;
- O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy o`quv rejasi asosida maxsus o`quv rejasini ishlab chiqish, va uni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi quzuridagi Respublika Ta'lim markazi bilan kelishgan qolda tasdiqlash;- yillik kalendar' o`quv jadvali va mashqulotlar jadvalini ishlab chiqish;
- ta'lim va tarbiyaning qonun qujatlariga zid bo`lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo`llash;
- o`z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablaqlar va moddiy resurslarning qo`shimcha manbalarini jalb etish;
- ta'lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o`tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
27. 10-son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati belgilangan tartibda:
- o`ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
- ta'lim sifati qamda o`quv rejasi va o`quv jarayoni jadvaliga muvofik ta'lim dasturlari to`liq qajmda amalga oshirilishi;
- ta'lim jarayonini tashkil etishning qo`llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o`quvchilarning yosh bilan bog`lik psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning qayoti va soqligini muqofaza qilish talablariga muqobilligi;
- o`quvchilarning moslashishi va o`zlashtirishi;
- o`quvchilar va xodimlarning ququqlariga rioya qilinishi uchun javob beradi.
VI. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati
faoliyatini tashkil etish
28. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qonun qujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita raqbarlik kiladi.
29. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari ko`yiladi:
- pedagogika yo`nalishi bo`yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot;
-xorijiy tillardan birining boshlanqich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
-besh yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.(XTV 2015 yil 24 iyun' № 191-sonli buyruq)
- tashkilotchilik kobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan boqlik psixologiyasini bilish;
- komp'yuter texnologiyalarini va o`quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
- umumta'lim dasturlari va o`quvko`llanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
30. Maktab-internat direktori 10-son maktab-internatinomidan ish ko`radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun qujjatlarida belgilangan tartibda 10-sonmaktab-internat mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
31. Maktab-internat direktori:
- 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati vakolatiga kiradigan masalalar bo`yicha qarorlar qabul qiladi qamda unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
- o`z o`rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
- o`z vakolatlari doirasida 10-son maktab-internatibarcha xodimlari uchun majburiy bo`lgan buyruqlar chiqaradi va ko`rsatmalar beradi;
- xalq ta'limi tegishli organlari ko`rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustaqkamlash, o`quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bo`yicha takliflar kiritadi;
- pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan meqnat shartnomalari tuzadi.
Lavozim vazifalari:
a) umumiy o`rta ta'lim maktabi (maktab-internat)ning (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga raqbarlik qilish;
b) maktab o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, ta'lim sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlarini belgilash;
v) maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash qamda o`qituvchilar tomonidan o`quv rejasining bajarilishini nazorat qilish;
g) o`quv jarayoniga nisbatan pedagogik texnologiyalarning qo`llanishiga raqbarlik qilish;
d) maktab faoliyatining moliyaviy-xo`jalik masalalarini qal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablaqlarning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish;
e) korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo`jalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini qimoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo`nalishlardagi davlat va nodavlat jamqarmalar bilan o`zaro qamkorlikda ish yuritish;
j) o`quv jiqozlari, qurilmalari va boshqa ta'lim vositalarining saqlanishini ta'minlash, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
z) maktabning pedagog xodimlarga bo`lgan eqtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish qamda meqnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta'minlash;
i) maktab qoshidagi maxsus komissiyaga raqbarlik qilish, o`quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta'lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta'minlash va nazorat qilish;
k) pedagog xodimlarni raqbatlantirish uchun davlat ta'lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baqolashni tashkil qilish;
l) o`quvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan sinfga o`tkazish va bir maktabdan boshqasiga o`tkazish ishlarini tashkil qilish;
m) o`quvchilarni darsliklar va o`quv metodik qo`llanmalari bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish, darsliklar bilan ta'minlashning ijara tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, darsliklar ijara tizimidan tushgan mablaqlarning jamqarilishini nazorat qilish qamda ularning maqsadga muvofiq sarflanishini ta'minlash;
n) ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo`yicha qamkorlikni tashkil qilish;
o) bolalikni qimoya qilish bo`yicha, voyaga etmaganlar ququq va manfaatlarini muqofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta'minlash;
p) kam ta'minlangan oilalarning 7-11sinf farzandlarini ijtimoiy muqofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta'minlashni tashkil etish;
r) internat turidagi umumta'lim muassasalarida yotoqxonaga muqtoj o`quvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
s) o`quvchilarni milliy an'analar, urf-odatlar bo`yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyqunlashtirish asosida yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
t) maktab xodimlari vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng faollarini raqbatlantirish, o`z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo`llash;
u) sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
f) o`quvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
24. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o`rta ta'lim soqasidagi, bolalar ququqlarini tartibga soluvchi normativ-ququqiy qujjatlarni;
b) maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini;
v) o`quv va tarbiya sifati, davlat ta'lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan boqliq qolda xodimlarni ma'naviy va moddiy raqbatlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) ta'lim muassasasi va o`qituvchilar faoliyatini taqlil qila olishni, ta'lim muassasasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni qal qilishning samarali yo`llarini topishni;
e) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta'lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni;
j) pedagogik jamoada qulay psixologik muqit yaratishni;
z) sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yonqin xavfsizligi qoidalarini.
qonun xujjatlariga muofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
32 Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda o`tkaziladi.
33. 10- son ixtisoslashtirilganmaktab-internatida pedagogika, metodika va vasiylik kengashlari tuziladi va faoliyat ko`rsatadi. Ularning faoliyati tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
34. O`quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning o`rnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshka xodimlar ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari ta'lim jarayonining katnashchilari xisoblanadi.
O`quvchilar kuyidagi xukuklarga egadirlar.
-bepul umumiy o`rta ma'lumot olish
-tibbiy xizmatdan foydalanish
- turli tadbirlarda (konferentsiyalar, olimpiadalar, ko`rgazmalar va tanlovlarda) katnashish xukukiga egadirlar.
- o`z insoniy kadr-kimmatlarini xurmat kilinishi, vijdon va axborot erkinligini xis kilishi, o`z karashlari va e'tikodlarini erkin ifoda etish;
"ko`shimcha (fakul'tativ) ta'lim olish xizmatidan foydalanish;
"ta'lim berish vositalaridan, kutubxona fondidan, sport bazasi, yotokxona, laboratoriyalar, komp'yuterlardan foydalanish;
"o`z xoxishi va kizikishlari bilan to`garaklarga katnashish.
35. Maktab - internat o`kuvchilariningmajburiyatlarikuyidagilardan iborat:
-maktab-internati ustaviga va ichki tartib-koidalarigarioyakilishi
- sanitariya normalari va koidalariga rioya kilishi
"O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va konunlariga rioya kilishi
"milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilishi
"respublikaning munosib fuqarosi bo`lishi
"O`zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrogi va Madxiyasini bilishi va xurmat qilishi, ular bilan boglik bo`lgan marosimlarni ado etishi;
-Davlat ta'lim standartlari xajmida umumiy ta'lim olish uchun intilishlari;
-maktab-internati tarbiyalanuvchilar ta'minoti uchun to`lovlar qar oyda to`lovi to`lanayotgan joriy oyning 10 sanasiga kechikmasdan to`lash;
"maktab- internatga dars jadvali asosida o`z vaktida kelishi;
"barcha darslarda ishtirok etishi;
"sababsiz dars koldirmasliklari;
"o`quvjarayoni uchun kerak bo`lgan barcha jixozlarni, kundalik daftari,darslik, o`quvko`llanmalari, daftarlarini to`lik olib kelishlari;
"maktab- internatda kiyinish madaniyatiga ko`yilgan talablarga rioya kilishlari (XTV ning 2005yil 21 fevraldagi 31-sonli buyruqi asosida).
"o`qituvchilar tomonidan berilgan topshiriklarni o`z vaqtida bajarishlari;
"o`z bilimi va amaliy ko`nikmalarini mustakil ravishda oshirib va mustaxkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
"maktab- internat va jamoat topshiriklarini bajarishda faollik ko`rsatishlari;
"maktab- internat va jamoat mulkini avaylab asrashlari talab etiladi.
10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`quvchilarining boshqa ququq va majburiyatlari qonun qujjatlariga va mazkur Ustavga muvofik belgilanadi.
36. O`quvchilarni individual psixologik-pedagogik jixatdan ko`llab-kuvvatlash maktab-internatning psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan ta'minlanadi.
37. O`quv-tarbiya jarayoniga boshqa ta'lim muassasalarining o`qituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonun qujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin qamda ushbu muassasaning barcha ququqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
38. Pedagog kadrlarni 10-sonmaktab-internatiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud bo`lgan taqdirda oliy pedagogik ma'lumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
39. Maktab- internat pedagogik xodimlar:
Lavozim vazifalari:
a) davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturlariga muvofiq tegishli fanlar bo`yicha dars mashqulotlariga tayyorgarlikni va ularni o`tkazishni ta'minlash;
b) o`quvchilarni o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo`llay olishga tayyorlash, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini xolisona, muntazam baqolanishini ta'minlash;
v) davlat ta'lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o`zlashtirishni ta'minlash, bilimlarni o`zlashtirishda nuqsonlari bo`lgan o`quvchilar bilan guruqlar bo`yicha va individual ishlash;
g) fakul'tativ mashqulotlar o`tkazish, fan to`garaklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o`quvchilarni tayyorlash, o`quvchilarda bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, ularni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshirish;
d) o`quvchilarning darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlanishini va ularning saqlanishini nazorat qilish;
e) o`quvchilarning davomat va o`zlashtirish qisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini ta'minlash;
j) o`quvchilar ququqlariga va bolalarni muqofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
z) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat so`rovi), imtiqonlar o`tkazish, o`quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
i) qar bir dars rejalarini, dars o`tkazish uchun zarur bo`lgan didaktik tarqatma va ko`rgazmali materiallarni ishlab chiqish;
k) o`ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini qamda ulardan o`quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta'minlash;
l) pedagogik kengash, metodik kengash, seminar, trening, majlislarda, ochiq darslarda, qisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
m) o`quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish;
n) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan qamkorlikda ishlash, ularning farzandlarini tarbiyalash va o`qitish masalalari bo`yicha individual uchrashuvlar va suqbatlar o`tkazish;
o) maktab psixologi bilan qamkorlikda o`quvchilar shaxsini rivojlantirish, ularni kasbga yo`naltirish va kasbgacha tayyorlash masalalari bo`yicha tegishli ishlar olib borish;
p) maqalla faollari bilan qamkorlikda bolalarni o`qishga to`liq qamrab olish, to`qqizinchi sinf o`quvchilarini ta'limning keyingi bosqichlariga jalb qilish masalalari bilan shuqullanish;
r) kasb maqoratini muttasil oshirib borish, o`z faoliyatida ilqor ta'lim metodlarini o`rganish va amalga oshirish, meqnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qilish;
s) sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yonqin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
36. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o`rta ta'lim soqasidagi, bolalar ququqlarini tartibga soluvchi normativ-ququqiy qujjatlarni;
b) davlat ta'lim standartlarini;
v) o`zi o`qitadigan o`quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo`llanilishi, o`qitayotgan fan bo`yicha dars o`tish metodikasi va tashkil qilish tartibini;
g) o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning ilqor shakllari va intensiv usullarini;
d) o`quvchilar bilimini baqolashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini;
e) o`quvchilarni faolligini raqbarlantirib borish va o`zlashtirishini baqolashning reyting tizimini;
j) pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o`quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo`llashni;
z) sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yonqin xavfsizligi qoidalarini.
37. Tarbiyachilar (XTV 2015 y.24 iyun' №191 buyruqi)
Lavozim vazifalari:
a) davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturlariga muvofiq tegishli fan bo`yicha darslar, mashqulotlarga tayyorgarlikni va ularni o`tkazishni ta'minlash;
b) o`quvchilarni o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo`llay olishga tayyorlash, ta'lim standartlariga muvofiq o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishlarini xolisona muntazam baqolanishini ta'minlash;
v) davlat ta'lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o`zlashtirishni ta'minlash, bilimlarni o`zlashtirishda muammolari bo`lgan o`quvchilar bilan guruqlar bo`yicha va individual ish olib borish;
g) o`quvchilarning davomat va o`zlashtirish qisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini ta'minlash;
d)o`quvchilar ququqlariga va bolalarni muqofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
e) joriy va nazorat so`rovi o`tkazish, o`quvchilarning yozma ishlarini qamda daftarlarini tekshirish;
j) mashqulotlar o`tkazish uchun zarur bo`lgan didaktik tarqatma va ko`rgazma materiallarni ishlab chiqish;
z) o`ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan o`quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta'minlash;
i) pedagogik va metodik kengash, seminar, trening, majlislarda, ochiq darslarda, qisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
k) o`quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish;
l) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan ish olib borish, ularning farzandlarini tarbiyalash va o`qitish masalalari bo`yicha individual uchrashuvlar qamda suqbatlar o`tkazish;
m) maqalla faollari bilan bolalarni birinchi sinfda o`qitishga to`liq qamrab olish;
n) kasb maqoratlarini oshirib borish, o`z faoliyatiga oid ilqor ta'lim metodlarini o`rganish, meqnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qilish;
o) sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yonqin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
p) bir stavka ish qajmida ishlaydigan tarbiyachi qaftalik 25 astronomik soat ish yuklamani bajaradi:
-o`quvchilarni soat 7-00 da uyqotish, ertalabki nonushta, darslarga tayyorgarlik, tushlik, yarim tushlik va kechki ovqatga kirish-chiqishlari, 17-00 dan 19-00 gacha dars tayyorlashlarinita'minlash.
48. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o`rta ta'lim soqasidagi, bolalar ququqlarini tartibga soluvchi normativ-ququqiy qujjatlarni;
b) o`zi o`qitadigan o`quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo`llanilishini;
v) o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning ilqor shakllari va intensiv usullarini;
g) o`qitayotgan fan bo`yicha dars o`tkazish metodikasi va tashkil qilish tartibini;
d)o`quvchilar bilimini baqolashning zamonaviy va samarali shakllarini qamda nazorat usullarini;
e)o`quvchilarni test sinovlaridan o`tkazish va baqolash mezonlarini;
j) pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o`quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo`llashni;
z)sanitariya-gigiena talablari, meqnatni muqofaza qilish, texnika va yonqin xavfsizligi qoidalarini.
38. Pedagog xodimlarga o`quvyuklamasi xajmi (pedagogik ish xajmi) o`quvrejasi bo`yicha soatlar sonidan, shuningdek kadrlar bilan ta'minlanganlik bo`yicha belgilanadi.
39. O`quvyili boshida belgilangan o`quvyuklamasi xajmi o`quvyili mobaynida o`zgartirilishi mumkin emas.O`quv rejalari bo`yicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi qollari bundan mustasno.
40. 10- son maktab-internatida o`qish, dam olish va ovqatlanish qonun qujjatlariga muvofiq tibbiyot xodimlarining qat'iy nazorati ostida tashkil etiladi.
41. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida qar bir o`quv yili boshida maktab-internat o`quvchilari dispanser ko`rigidan (to`liq tibbiy ko`rikdan) o`tkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy ko`rsatkichlari aniqlangan taqdirda o`quvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga ko`ra yashash joyidagi umumta'lim muassasasiga o`tkaziladi.
42. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internati o`quvchilari ushbu maktab-internat quzurida yashash joylari bilan ta'minlanadilar.
43. 10-son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ota-onalar va ota-onalarning o`rnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni o`quvchilar butun kontingentining 10 foizidan ortmasligi kerak.
VII. 10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigai xtisoslashtirilgan maktab-internatining mol-mulki va moliya-xo`jalik faoliyati
44. Maktab-internatning faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tasdiqlangan qarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Maktab-internatiga qo`shimcha byudjetdan tashqari mablaqlarni jalb etish byudjetdan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
46. Maktab-internatxodimlarining shtatdagi soni umumta'lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
47.10- son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internat o`quvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan ta'minlanadi.
48. Maktab-internato`z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofik qoldatadbirkorlik faoliyati bilan shuqullanishi mumkin.
49. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad qisobiga sotib olingan mol-mulk maktab-internatning balansida qisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
VIII. Yakunlovchi koidalar
50. Maktab-internat qonun qujjatlariga muvofiq ta'lim masalalari bo`yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish ququqiga ega.
51.Maktab-internatni qayta tashkil etish va tugatish muassisning qarori bo`yicha yoki qonun qujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
52. Maktab-internatniqayta tashkil etish yoki tugatish o`quv yili tamom bo`lgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli ta'limni boshqarish organi o`quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o`rnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv bo`yicha o`quvchilarning boshqa ta'lim muassasalariga o`tkazilish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oladi.фильмы бесплатно

Maktab haqida

Yangibozor tumanidagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 1977 yilda qurilib, Al-Xorazmiy nomi bilan ishga tushirilgan. Maktab internati binosi ko`p yildan buyon o’z ko’rki va chiroyini yo’qotmagan. Maktab internat pedagog xodimlari ham o’quvchilarga bilim berishda o’zlarining bor kuch, mahoratini ko’rsatib kelmoqdalar.

Biz bilan aloqa

Statistika